“Real” himoyachisi Raul Asensio faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
“Qaymoqranglilar”ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino rejalariga kirmaydigan 23 yoshli futbolchiga hozirda “Marsel” qiziqish bildirmoqda.
Ma'lum qilinishicha, Asensio dastlab Madridni tark etishni istamagan. Biroq klub uning ketishini xohlayotgani sabab futbolchi oxir-oqibat transferga rozi bo'lishi mumkin.
“Marsel” ispan himoyachisini keyinchalik majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi. Sotib olish narxi 15 million yevro etib belgilangan.
Shuningdek, “Real” Asensioning kelajakda “Marsel”dan boshqa klubga sotilishi holatida transfer narxining 25 foiziga egalik qilish huquqini saqlab qoladi.
Avvalroq “Beshiktosh” Asensio uchun 20 million yevro sarflashga tayyor ekani ma'lum qilingan edi.