«Real» «RB Leypsig» vingeri Yan Diomande transferini yakunladi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, tomonlar barcha hujjatlar bo‘yicha kelishuvga erishgan va transfer to‘liq yakunlangan. 19 yoshli ivuarlik futbolchi Madrid klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Qayd etilishicha, transfer summasi 130 million yevroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Real» futbolchining shaxsiy shartlari hamda «RB Leypsig» bilan transfer bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi