Live
1
O'zbek

Neymar «Santos»da mojaro markazida qoldi

Futbol
26 iyul, 15:30
Klub rahbariyati braziliyalik yulduzning tanaffusdagi harakatlari yuzasidan surishtiruv o‘tkazadi.
Neymar «Santos»da mojaro markazida qoldi
Foto: Getty Images

«Santos» hujumchisi Neymar Braziliya chempionatining navbatdagi turida «Shapekoense»ga qarshi kechgan bahsdan so‘ng mojaro markazida qoldi.

Globo xabariga ko‘ra, 2:2 hisobida yakunlangan bahs tanaffusida Neymar yosh futbolchilar Gabriel Bontempo va Joau Aniasiasni keskin tanqid qilgan. Manba ma’lumotiga ko‘ra, u Bontempoga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgan, Aniasiasga esa avtogoldan keyingi xatolarini qattiq tanqid qilgan.

Qayd etilishicha, «Santos» rahbariyati Neymarning yosh futbolchilarga nisbatan munosabatini haddan tashqari keskin deb baholamoqda. Biroq Bontempo va Aniasias vakillari mojaro bo‘lganini rad etib, bu odatiy jamoaviy suhbat bo‘lganini ta’kidlashgan.

Manbaga ko‘ra, «Santos» rahbariyati yuz bergan holat bo‘yicha ichki surishtiruv o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Bugungi yangiliklar