Live
1
O'zbek

«Barselona» Laport transferidan voz kechdi

Futbol
26 iyul, 15:38
Kataloniya klubi bir qator sabablarga jahон chempionini transfer qilishni xohlamayapti.
«Barselona» Laport transferidan voz kechdi
Foto: Getty Images

«Barselona» himoyachi Emerik Laportni transfer qilishni rejalashtirmayapti.

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, «Atletik» himoyachisi Jahon chempionati vaqtida o'z xizmatlarini Kataloniya klubiga taklif qilgan. Biroq Ispaniya chempioni uni jamoaga taklif qilmoqchi emas.

«Barselona»da 32 yoshli futbolchining mahorati va Ispaniya milliy jamoasidagi o'yini yuqori baholanadi. Shunga qaramay, u 2026/27 yilgi mavsum uchun sport rahbariyati rejalariga kirmaydi.

Bosh murabbiy Hans-Diter Flik markaziy himoya chizig'ini kuchaytirishni ustuvor vazifa deb hisoblamaydi. Shuningdek, klub chap markaziy himoyachi pozitsiyasida Jerar Martinga ishonadi. Bundan tashqari, Flik Erik Garsiya, Andreas Kristensen, Ronald Arauho, Jyul Kunde hamda klub tarbiyalanuvchisi Alvaro Kortes xizmatlaridan ham foydalanishi mumkin.

Laportning «Atletik» bilan shartnomasi 2028 yil yoziga qadar amal qiladi. «Barselona»ga kelib tushgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining shartnomasida tovon puli ko'rsatilmagan. Shu sababli kataloniyaliklar uni transfer qilish uchun Bilbao klubi bilan to'g'ridan to'g'ri muzokara olib borishiga kerak edi.

«Barselona» 2024 va 2025 yil yozlarida Niko Uilyams transferi atrofida yuzaga kelgan holatlardan keyin «Atletik» bilan yangi mojaroalarni istamаyapti. Bu esa Laportni jamoaga olib kelishga bo'lgan har qanday urinishga nuqta qo'ymoqda.

Himoyachi 2025 yil sentabr oyida «An Nasr»dan «Atletik» safiga qaytgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Athletik Athletik
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar