«Barselona» klubi va Ispaniya milliy jamoasi yarim himoyachisi Dani Olmo 2026 yildagi Jahon chempionati finalidan (1:0) keyin uning yuziga urgan Argentina murabbiyi Roberto Ayalaning chin dildan pushaymon boʻlganiga ishonmayapti.
Avvalroq Ayala qilgan ishi uchun Olmodan uzr soʻrab shunday degan edi: «Hissiyotlar juda kuchayib ketgandi, lekin bu menga oqlov boʻla olmaydi».
Olmo esa javoban fikr bildirdi: «Agar inson pushaymonman desa-yu, lekin shu bilan birga urgʻanini mening goʻyo qandaydir gaplarimga javob boʻlganini aytib oqlasa, demak, u aslida qilgan ishidan chin dildan afsuslanmayotgan boʻladi.
U yolgʻon gapiryapti, chunki unga hech narsa demaganman. Shuning uchun uning uzri menga mutlaqo kerak emas.
Aslida qanday ekanligimizni xatolarimiz emas, balki ularni tan olishga boʻlgan jasoratimiz belgilaydi», — deydi Olmo Diari de Terrassa'ga bergan intervyusida.
Olmo uni urgan Ayala haqida: «Menga uning uzri kerak emas. U yolgʻon gapiryapti»
Futbol
26 iyul, 14:59
JCh finalidan soʻng Argentina murabbiyi ispaniyalik yarim himoyachining yuziga urgandi.
Foto: Getty Images