Live
4
O'zbek

Usik nechta jangdan soʻng faoliyatini yakunlashini aytdi

Boks
26 iyul, 14:44
Ukrainalik chempion professional boksdagi 25 ta jangining barchasida gʻalaba qozongan.
Usik nechta jangdan soʻng faoliyatini yakunlashini aytdi
Foto: Getty Images

Hozirgacha magʻlubiyat nimaligini bilmagan, superogʻir vazndagi sobiq mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik navbatdagi jangi uning uchun professional boksda soʻnggisi boʻlishini eʼlon qildi.

«Menimcha, oldimda faqat bitta «soʻnggi raqs» qoldi. Bu — atigi bir jang degani. Uchtayu beshta emas. Soʻnggisi — demak, bitta. Keyingi jang tugagach, barchaga: «Rahmat. Sizlardan minnatdorman», deyman», — dedi Usik BBC'ga bergan intervyusida.

Ukrainalik bokschining professional faoliyatida hozirga qadar 25 ta gʻalaba bor. Ularning 16 tasi nokaut bilan qoʻlga kiritilgan. Usik haligacha birorta ham magʻlubiyatga uchramagan.

39 yoshli jangchi professional boksdagi debyutini 2013 yil noyabr oyida oʻtkazgan. Shuningdek, u 2012 yildagi Olimpiya oʻyinlari chempioni ham hisoblanadi.

Bugungi yangiliklar