Vinisius Junior "Arsenal"ga o'tsa, jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi mumkin.
The Times xabariga ko'ra, agar braziliyalik vinger "Real"dan "to'pchilar" safiga o'tsa, London klubi unga jamoada eng yuqori maoshni taklif qilishiga to'g'ri keladi.
Manbaga ko'ra, "Arsenal" haqiqatan ham 26 yoshli futbolchini transfer qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bunga Vinining "Real" bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarida kelishmovchiliklar yuzaga kelgani sabab bo'lgan.
Hozirda APL chempionining eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi Bukayo Saka hisoblanadi. Uning yillik maoshi soliqlar bilan birga taxminan 15,6 million funt sterlingni (18,2 million yevro) tashkil etadi.
Vinisiusning "Real"dagi yillik maoshi esa soliqlardan tashqari taxminan 14,9 million yevroga teng. "Qirollik klubi" unga yiliga 20 million yevrodan ortiq maosh taklif qilmoqda, ammo futbolchining talabi taxminan 30 million yevro atrofida.
Vinisius "Arsenal"ga o'tsa, klubda eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylanishni xohlaydi
Futbol
26 iyul, 13:06
Ayni paytda London klubida eng yuqori maosh Sakaga tegishli.
Foto: Getty Images