Live
1
O'zbek

Maunt: "Jamoa sardori bo'lish yoqadi. Menda yetakchilik fazilatlari bor"

Futbol
26 iyul, 14:05
"MYU" yarimhimoyachisi "Rusenborg" bilan o'rtoqlik bahsida sardorlik bog'ichini taqdi.
Maunt: "Jamoa sardori bo'lish yoqadi. Menda yetakchilik fazilatlari bor"
Foto: Getty Images

"Manchester Yunayted" yarimhimoyachisi Meyson Maunt "Rusenborg"ga (5:0) qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinida jamoa sardori vazifasini bajargani haqida gapirdi.

"Menda yetakchilik fazilatlari bor, deb o'ylayman. Yetakchilarning turli xil ko'rinishlari bo'ladi. Kimdir juda ko'p gapiradi. Men esa doimo namuna ko'rsatadigan va maydonda hech qachon ishlashdan to'xtamaydigan inson bo'lishni xohlayman.

Ko'p yillar avval ham jamoa sardori bo'lganman, shuning uchun bu vazifa menga yoqadi, ayniqsa, maydonda yosh futbolchilar ko'p bo'lsa. Ular bilan muloqot qilib, maydonda ham, uning tashqarisida ham yoshlarga qulay muhit yaratishga harakat qilaman.

Bu rol menga mos keladi, ikkinchi bo'limda sardor bo'lish menga juda yoqdi",
— deya Mauntning so'zlarini keltiradi jurnalist Stiven Reylston X ijtimoiy tarmog'ida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar