«Roma» yarimhimoyachisi Manu Kone hali ham «Manchester Yunayted»ning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo'lib turibdi. Bu haqida Corriere dello Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarda hozircha sezilarli siljish kuzatilmayapti.
Rim klubi fransiyalik 25 yoshli futbolchini 31 iyulgacha sotishni rejalashtirmoqda. Bu orqali «Roma» UEFAning moliyaviy nazorat talablarini bajarishni maqsad qilgan. Klub Manu uchun 60 million yevro talab qilmoqda.
«MYU» esa rasmiy taklif bilan chiqqanicha yo'q. Futbolchiga «Arsenal» va «Chelsi» jamoalari ham qiziqmoqda.