Live
6
O'zbek

"Yuventus" Fernandeshga qiziqish bildirmoqda

Futbol
25 iyul, 10:10
"MYU" Brunu transferi uchun 50–75 mln yevro talab qilishi mumkin.
"Yuventus" Fernandeshga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

"Yuventus" "Manchester Yunayted" yarimhimoyachisi Brunu Fernandeshga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Turinliklar rahbariyati jamoaning texnik salohiyatini oshirishni maqsad qilgan. Shu sabab klub 31 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyatni uning vakillari bilan muhokama qilgan.

Shu bilan birga, "qizil iblislar" Fernandesh transferi uchun 50–75 million yevro talab qilishi mumkin. Bu summa futbolchining yuqori maoshi bilan birgalikda uning Turinga ko‘chib o‘tishiga to‘siqlik qilishi mumkin.

Ma'lumot o‘rnida, portugaliyalik yarimhimoyachi 2020 yil yanvar oyidan buyon "Manchester Yunayted" safida to‘p tepib kelmoqda. Avvalroq Ronaldu "An Nasr"ga Fernandeshni olib kelmoqchi ekani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar