Live
6
O'zbek

Vinisius "Real" bilan shartnomasini uzaytirmasa, "Arsenal" uni oʻz safiga qoʻshib olishga jiddiy urinib koʻradi

Futbol
25 iyul, 09:20
Hozircha klublar oʻrtasida rasmiy muzokaralar boʻlib oʻtmagan.
Vinisius "Real" bilan shartnomasini uzaytirmasa, "Arsenal" uni oʻz safiga qoʻshib olishga jiddiy urinib koʻradi
Foto: Getty Images

"Arsenal" "Real" vingeri Vinisius Juniorga qiziqish bildirmoqda. Bu haqida The Athletic xabar berdi.

Agar braziliyalik futbolchi "qirollik klubi" bilan shartnomasini uzaytirmasa, "toʻpchilar" uni oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatini jiddiy koʻrib chiqadi. Hozircha klublar oʻrtasida rasmiy muzokaralar boʻlib oʻtmagan. Biroq bu gʻoya "Arsenal" rahbariyati tomonidan toʻla qoʻllab-quvvatlangani taʼkidlanmoqda.

Shuningdek, "Real" Vinisiusni tekinga yoʻqotishni istamayapti. Qolaversa, kelasi mavsumda futbolchiga klubga sodiqligi uchun katta miqdordagi bonus toʻlanishi koʻzda tutilgan.

Avvalroq Vinisius "Real"da bir mavsum uchun soliqlardan tashqari 20 million yevro maosh olishni istayotgani maʼlum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar