Bugun
3
O'zbek

Vinisius "Real"da bir mavsum uchun soliqlardan tashqari 20 mln yevro maosh olishni istamoqda

Futbol
13 iyul, 01:05
Klub hozircha bunday shartnomani ma'qullashga tayyor emas.
Vinisius "Real"da bir mavsum uchun soliqlardan tashqari 20 mln yevro maosh olishni istamoqda
Foto: Getty Images

"Real" vingeri Vinisius Juniorning klub bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralardagi yangi talablari ma'lum bo'ldi. Bu haqda OK Diario xabar berdi.

26 yoshli futbolchining yangi shartnoma talablari so'nggi ikki mavsum davomida "Real"da bahs-munozaralarga sabab bo'lib kelmoqda. Chunki uning amaldagi bitimi kelasi yozda o'z yakuniga yetadi.

Ma'lum qilinishicha, Vinisius klub bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni qayta boshlash niyatida. Biroq tomonlar o'rtasida kelishuvga erishishga hali ancha bor.

Qayd etilishicha, Vinisius bir mavsum uchun soliqlardan tashqari taxminan 20 million yevro maosh olishni istamoqda. Bu uni Kilian Mbappe va Jud Bellinghem kabi futbolchilar bilan bir qatorga olib chiqadi. Biroq "Real" hozircha bunday shartnomani ma'qullashga tayyor emas.

Avvalroq "qirollik klubi" va Vinisius shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishib olishgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar