«Barselona» va «Inter» klublarining sobiq hujumchisi Samuel Eto'O fransiyalik forvard Kilian Mbappeni takabbur deb hisoblamasligini aytdi.
«U — g'alaba qozonishni yaxshi ko'radigan va o'z maqsadlarini amalga oshiradigan yetakchi. Ayrimlar uning o'ziga bo'lgan ishonchini takabburlik deb qabul qilishadi va ba'zan buni unga nisbatan ortiqcha, hatto adolatsiz tanqidlarni oqlash uchun ishlatishadi.
Shaxsan men unda takabburlikni ko'rmayman. Unda chempionlarga zarur bo'lgan o'ziga ishonchni ko'raman», — dedi Eto'O Le Parisien nashriga bergan intervyusida.
Eto'O: «Mbappe takabbur emas. Unda chempionlarga xos ishonch bor»
Futbol
12 iyul, 18:30
Kamerunlik sobiq hujumchining fikricha, fransiyalik forvardga nisbatan adolatsiz tanqidlar bor.
Foto: Getty Images