Bugun
13
O'zbek

Fransiya elchixonasi: «Milliy jamoaning JChdagi 26 futbolchisidan 23 nafari Fransiyada tug'ilgan»

Futbol
12 iyul, 14:45
Fransiyaning Ispaniyadagi elchixonasi bir qator kinoyalarga javob qaytardi.
Fransiya elchixonasi: «Milliy jamoaning JChdagi 26 futbolchisidan 23 nafari Fransiyada tug'ilgan»
Foto: Getty Images
14.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Ispaniya Ispaniya

Fransiyaning Ispaniyadagi elchixonasi mamlakat milliy jamoasining barcha futbolchilari fransuz ekanini eslatdi.

«Bahs-munozaraga kirishishni istamagan holda ayrim faktlarni eslatib o'tishni lozim deb bildik.

Fransiya milliy jamoasining barcha futbolchilari — mamlakat fuqarolaridir. 26 nafar o'yinchidan 23 nafari Fransiyada tug'ilgan. Mamlakat tashqarisida tug'ilgan 3 nafar futbolchi ham Fransiya fuqarosi hisoblanadi»
, — deyiladi elchixona bayonotida.

Avvalroq Ispaniyaning sobiq bosh vaziri Mariano Raxoy 2026 yildagi Jahon chempionati yarimfinalidan o'rin olgan Fransiyaga qarshi o'yin haqida gapirar ekan, shunday degandi: «Ularda ajoyib tarkib bor, faqat fransuzlar yo'q. Menda biz g'alaba qozonamiz, degan ishonch bor».

Shuningdek, Argentinaning Mendosa viloyati vitse-gubernatori Ebe Kasado Fransiyani «odobsiz afrikaliklar jamoasi» deb atagandi. Keyinchalik amaldor o'z so'zlarini irqiy kamstitish deb hisoblamasligini ma'lum qildi. Mojaro ortidan Fransiyaning Argentinadagi elchixonasi Kasadoni «persona non grata» (istalmagan shaxs) deb e'lon qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar