2026 yildagi Jahon chempionatining barcha yarimfinalchilari kamida bir marta jahon chempioni bo'lgan.
12 iyul tongida Argentina va Angliya milliy jamoalari chorakfinalda mos ravishda Shveytsariya (3:1) hamda Norvegiyani (2:1) mag'lub etib, yarimfinalga yo'l oldi. Bundan avval esa Ispaniya va Fransiya ham ushbu bosqichga chiqqandi.
Shu tariqa Jahon chempionatlari yarimfinalida uchinchi marta faqat avval ham mundial g'olibi bo'lgan milliy jamoalar qatnashadi.
Bunday holat ilk bor 1970 yildagi mundialda kuzatilgan. O'shanda yarimfinalga Italiya, Germaniya, Urugvay va Braziliya chiqqandi. Ikkinchisi esa 1990 yildagi mundialda qayd etilgan bo'lib, o'shanda Italiya, Argentina, Germaniya va Angliya yarimfinalga yo'l olgan.
Eslatib o'tamiz, Fransiya Jahon chempionatida 1998 va 2018 yillarda, Ispaniya 2010 yilda, Angliya 1966 yilda, Argentina esa 1978, 1986 va 2022 yillarda chempionlikni qo'lga kiritgan.
JCH tarixida 3-bor yarimfinalga avval chempion bo'lgan jamoalar yetib kelishdi
Futbol
12 iyul, 13:15
To'rtala yarimfinalchi ham turli vaqtlarda mundialda g'olib bo'lgan. Bunaqasi avval ikki marta ro'y bergandi.
Foto: Getty Images
14.07.2026, 15:00
Jahon chempionati (JCH-2026)
Fransiya
-
:
-
Ispaniya
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi