Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi Jahon chempionati pley-off bosqichidagi ketma-ket sakkizinchi o'yinida samarali harakat amalga oshirdi.
Shveysariyaga qarshi JCH-2026 chorakfinal bahsida (3:1) Messi burchak to'pidan uzatma berib, Aleksis Mak Allisterning goliga assist yozdirib qo'ydi.
Shu tariqa, 39 yoshli hujumchi 2018 yilgi mundialdan buyon pley-offning ketma-ket sakkizta uchrashuvida gol yoki assist qayd etmoqda. Bu davr mobaynida u 13 ta samarali harakat (7 gol va 6 assist) amalga oshirdi.
Messining ushbu seriyasi:
JCH-2018
Argentina – Fransiya (3:4), 1/8 final — 2 assist.
JCH-2022
Argentina – Avstraliya (2:1), 1/8 final — 1 gol.
Niderlandiya – Argentina (2:2, pen. 3:4), chorakfinal — 1 gol, 1 assist.
Argentina – Xorvatiya (3:0), yarimfinal — 1 gol, 1 assist.
Argentina – Fransiya (3:3, pen. 4:2), final — 2 gol.
JCH-2026
Argentina – Kabo-Verde (3:2), 1/16 final — 1 gol.
Argentina – Misr (3:2), 1/8 final — 1 gol, 1 assist.
Argentina – Shveysariya (3:1), chorakfinal — 1 assist.