Bugun
13
O'zbek

Akanji: «Argentinalik futbolchilarning birorta simulyatsiyasi jazolanmadi»

Futbol
12 iyul, 12:01
Shveysariya milliy jamoasi himoyachisi JCH 1/4 finali doirasida Argentinaga qarshi bahsdan keyin fikr bildirdi.
Akanji: «Argentinalik futbolchilarning birorta simulyatsiyasi jazolanmadi»
Foto: Getty Images
11.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 3 : 1 Shveytsariya Shveytsariya

Shveysariya milliy jamoasi himoyachisi Manuel Akanji JCH 1/4 finali doirasida Argentinaga qarshi bahsdagi (3:1) hakamlikni tanqid qildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yinning 72-daqiqasida bosh hakam Joau Pedru Pineyru VAR aralashuvidan keyin shveysariyaliklar forvardi Embologa simulyatsiya uchun ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatib, uni maydondan chetlatdi.

«O‘yin yakunlangach, xayolimdan bir fikr o‘tdi. Men jamoam bilan faxrlanaman. Argentina ochiq o‘yinda deyarli birorta imkoniyatga ega bo‘lmadi. Afsuski, Xulian Alvaresning goli tasodif bo‘lmadi.

Odatda hakamlikdan norozi bo‘lib, e’tiroz bildirib o‘tirmayman, ammo bugun barchasi raqib foydasiga hal bo‘laverdi. Hech qachon bu kabi bir tomonlama o‘yinda ishtirok etmaganman. Raqibning birorta simulyatsiyasi jazolanmadi. Asosiy vaqt davomida argentinaliklarga birorta sariq kartochka ko‘rsatilmadi. Biroq Bril [Embolo] bilan vaziyatda u ikkilanmay sariq kartochkani cho‘ntagidan oldi. Biz bir kishi kam bo‘lib ham qo‘limizdan kelganini qildik. Ammo, albatta, Bril — jamoaning muhim bo‘lagi, uni qo‘llab-quvvatlaymiz», — deya Akanji so‘zlaridan iqtibos keltirdi Blick.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Shveytsariya Shveytsariya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar