2026 yilgi Jahon chempionati chorakfinalidan o‘rin olgan Argentina va Shveytsariya (3:1) o‘rtasidagi o‘yin vaqtida 51 yoshli muxlis infarktdan vafot etdi.
Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam xodimlari erkakni jonlantirishga urinishgan, ammo keyinchalik uning vafot etganini qayd etishgan.
Ambito nashri Buenos-Ayres shoshilinch tibbiy yordam xizmati (SAME) ma'lumotlariga tayanib xabar berishicha, o‘yin paytida va undan keyingi bayramlar davomida poytaxtda yana olti kishi yurak xuruji hamda boshqa shoshilinch holatlarni boshdan kechirgan.
Qayd etilgan holatlar orasida ko‘krakda og‘riq, nafas olish qiyinlashishi, hushdan ketish va o‘tkir koronar sindromga xos belgilar bo‘lgan.
45 yoshli erkak ko‘kragida og‘riq, nutq buzilishi va bir qo‘lining uyushishidan shikoyat qilganidan so‘ng shifoxonaga olib ketilgan. Yarim soat o‘tib, 41 yoshli erkak hushini yo‘qotgan. Unga voqea joyida yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga yotqizish shart bo‘lmagan. Shuningdek, yurak kasalligi bo‘lgan 86 yoshli hushi yo‘q a'volda topilgan ayolga ham tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Shifokorlarning ishi butun tun bo‘yi davom etgan. Yurak sohasida og‘riq va nafas olish qiyinlashishidan shikoyat qilgan 74 yoshli ayol shifoxonaga olib borilgan. Ko‘kragida og‘riq bo‘lgan 48 yoshli erkak ham shifoxonaga yotqizilgan.
Oxirgi qayd etilgan holat nafas olishi buzilgan 38 yoshli ayol bilan bog‘liq bo‘lib, u ham shifoxonaga yetkazilgan.
Argentina — Shveytsariya o‘yinida Buenos-Ayresda 7 kishi yurak xurujini o‘tkazdi, ulardan biri vafot etdi
Futbol
13 iyul, 07:30
51 yoshli muxlis infarkt sabab hayotdan ko‘z yumdi.
Foto: Getty Images
11.07.2026
AET
Jahon chempionati (JCH-2026)
Argentina
3
:
1
Shveytsariya
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi