Argentina milliy jamoasi 2026 yildagi Jahon chempionati chorakfinalida Shveytsariyani 3:1 hisobida mag'lub etdi. Argentinaliklar g'alaba to'plarining ikkitasini qo'shimcha vaqtning 112 va 120+1-daqiqalarida kiritishdi.
Shu tariqa so'nggi ikki Jahon chempionatida Argentina pley-off bosqichidagi o'yinlarning yarmidan ko'pini asosiy 90 daqiqa ichida g'alaba bilan yakunlay olmadi.
Qo'shimcha vaqt va penaltilar seriyasini hisobga olmaganda, Argentina atigi 3 ta o'yinda asosiy vaqtning o'zida g'alaba qozongan: ushbu jahon chempionati pley-offida Misrni 3:2, shuningdek, 2022 yildagi musobaqada Avstraliyani 2:1 va Xorvatiyani 3:0 hisobida mag'lub etgan.
2022 yildagi mundialda argentinaliklar chorakfinalda Niderlandiyani va finalda Fransiyani ham yengishgan, ammo har ikki bellashuv ham penaltilar seriyasiga qadar yetib borgan.
Bu yilgi turnirda esa Lionel Skaloni boshchiligidagi jamoa 1/16 finalda Kabo-Verdeni 3:2 hisobida mag'lub etdi. G'alaba 111-daqiqada raqibning o'z darvozasiga urgani autgoli evaziga qo'lga kiritildi.
Argentina so'nggi ikki JCh pley-offida o'yinlarning yarmidan ko'pini 90 daqiqada hal qila olmadi
Futbol
12 iyul, 15:10
Amaldagi chempion faqat 3 ta o'yinning asosiy vaqtida g'alaba qozondi.
Foto: Getty Images
11.07.2026
AET
Jahon chempionati (JCH-2026)
Argentina
3
:
1
Shveytsariya