Shveytsariya yarimhimoyachisi Granit Jaka JCH-2026 chorakfinalidan o'rin olgan Argentina (1:3) bilan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
«O'yinni yaxshi boshladik. Burchak zarbasidan keyin to'p o'tkazib yubordik, ammo shundan so'ng maydonda faqat Shveytsariya bor edi. Biz to'p nazoratini ushlab turdik, garchi birinchi bo'limda unchalik ko'p xavfli vaziyatlar yarata olmagan bo'lsak ham.
Birinchi bo'limda raqibda burchak to'pdan urilgan goldan boshqa deyarli imkoniyat bo'lmadi. Ikkinchi bo'lim esa to'liq bizning ustunligimizda o'tdi. Asta-sekin kattaroq tavakkal qilishimiz mumkinligini bilardik.
Tavakkal qildik, gol urdik va maydonda o'zimizni juda yaxshi his qila boshladik. Jamoada energiya ham, o'ziga bo'lgan ishonch ham oshdi. Ammo qizil kartochka hammasini o'zgartirdi. Menimcha, chetlatish o'yin rejalarimizni butunlay izdan chiqardi, holbuki rejalarimiz boshidanok juda ijobiy edi.
Agar hakamlik qarori tufayli mag'lub bo'lishga to'g'ri kelsa, bu juda og'riqli. Ammo bu hakamning qarori edi. Hozir o'yin tugashi bilanoq buni qabul qilish qiyin, chunki kiyinish xonasida jimlik hukm surmoqda, hamma qattiq tushkunlikka tushgan. Lekin Argentinadek kuchli jamoaga qarshi o'yindan keyin shunday darajada afsuslanayotgan bo'lsangiz, bu bizning jamoamiz qanchalik kuchli xarakterga ega ekanini ko'rsatadi», — deya Jakaning so'zlarini keltiradi The Atletic.
Bahs bosh hakami Joau Pedru Pinyeyru 72-daqiqada VAR aralashuvidan so'ng Shveytsariya hujumchisi Breel Embologa ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatib, maydondan chetlatdi. Hakam futbolchini simulyatsiya qilgani uchun jazoladi.
Jaka: "Hakamning qarori sabab mag'lub bo'lish og'riqli. Chetlatish hammasini o'zgartirdi"
Futbol
12 iyul, 13:55
Shveytsariya sardori JCH-2026 chorakfinalida Argentinadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Foto: Getty Images
11.07.2026
AET
Jahon chempionati (JCH-2026)
Argentina
3
:
1
Shveytsariya
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi