«Chelsi» darvozabonlar chizig'ini kuchaytirish uchun «Portu» posboni Diogu Koshtani asosiy transfer maqsadi sifatida belgiladi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko'ra, London klubi 26 yoshli portugaliyalik darvozabonning shartnomasida ko'rsatilgan 60 million yevrolik tovon pulini to'lashga tayyor.
Diogu Koshta «Portu» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2019 yildan buyon asosiy jamoa safida to'p tepib kelmoqda.
2025/26 yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 25 ta gol o'tkazib yubordi hamda 24 ta bahsni «quruq» o'tkazdi.
Qayd etilishicha, «Chelsi» ushbu transfer borasida darvozabonga qiziqish bildirgan «PSJ»ni ortda qoldirgan. London klubi bitimni rasmiylashtirish bo'yicha amaliy ishlarni boshlab yuborgan.