"Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso London klubiga tayinlanganidan keyingi ilk his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu ajoyib tuyg'u. Avvalo, bu men uchun katta sharaf. Dunyo bo'ylab eng yirik klublardan biri, so'nggi o'n yilliklarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan jamoaning bir qismi bo'lish — ulkan imtiyoz.
Endi oldinda turgan sinovlarni intiqib kutyapman. Ha, bizni qiyin vazifalar kutmoqda, ammo aynan shunday chaqiriqlar futbolning eng go'zal jihati hisoblanadi", — dedi Alonso klub matbuot xizmatiga.
Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso 1 iyul kuni rasmiy "ko'klar" bosh murabbiyi etib tayinlandi.