Live
12
O'zbek

«Chelsi» Garnachoni 50 million yevroga sotishg tayyor — Romano

Futbol
11 iyul, 10:52
APL klublariga futbolchi transferi 5 million arzonroqqa tushadi.
«Chelsi» Garnachoni 50 million yevroga sotishg tayyor — Romano
Foto: Getty Images

Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

«Chelsi» argentinalik vingeri Alexandro Garnacho bilan xayrlashish niyatida.

Klub 22 yoshli futbolchiga boshqa jamoa topish ustida faol ish olib bormoqda. Shu sababli argentinalik Xabi Alonso boshchiligidagi mashg‘ulotlarda ishtirok etmayapti.

Ta’kidlanishicha, «Chelsi» 50 mln yevrodan boshlangan taklif tushsa, futbolchisini qo‘yib yuborishga tayyor. O‘z navbatida APL vakillari uchun bu boradagi narx 45 millionni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, Garnacho o‘tgan mavsumda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar