Qatar 2029 yildagi klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Xabarlarga ko'ra, FIFA va Qatar vakillari o'rtasida muzokaralar davom etmoqda. Agar turnir ushbu mamlakatda o'tkazilsa, yozgi jazirama sabab musobaqa yana qish oylariga ko'chirilishi mumkin.
Qatar 2022 yildagi jahon chempionati uchun qurilgan zamonaviy stadionlar va infratuzilmadan yana bir bor foydalanishni rejalashtirmoqda. Biroq qishki taqvim varianti Yevropa chempionatlari mavsumiga ta'sir qilishi mumkinligi sababli bu masala atrofida bahslar davom etmoqda.
Hozircha FIFA 2029 yildagi klublar o'rtasidagi jahon chempionati mezboni bo'yicha yakuniy qaror qabul qilmagan. AQSH, Braziliya va yana bir necha davlatlar ham turnirni qabul qilishga qiziqish bildirmoqda.