Live
9
O'zbek

Matetaning xizmatlari «Fenerbahçhe»ga taklif qilindi

Futbol
11 iyul, 12:26
Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.
Matetaning xizmatlari «Fenerbahçhe»ga taklif qilindi
Фото: Getty Images

«Kristal Pels» hujumchisi Jan-Filipp Mateta faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

A Spor nashri xabariga ko'ra, fransiyalik 29 yoshli forvardning xizmatlari «Fenerbahçhe»ga taklif qilingan.

Manbaga ko'ra, Istanbul klubi hujum chizig'ini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda va bir nechta variantlarni o'rganmoqda. Biroq hozircha klubning asosiy transfer maqsadlari sifatida Seru Girassi hamda Olli Uotkins qolmoqda.

Ayni paytda «Fenerbahçhe» Mateta transferi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqmagan.

O'tgan mavsumda u Angliya Premer-ligasida 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, 12 ta gol urg'an.

Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fenerbahche Fenerbahche
Bugungi yangiliklar