«Chelsi» vingeri Alexandro Garnacho mavsumoldi tayyorgarlik yig'iniga qo'shilmadi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manbaga ko'ra, argentinalik futbolchi muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida klubni tark etishni istamoqda. Uning kelajagi bo'yicha muzokaralar davom etayotgani sabab Garnachoga vaqtincha jamoaga qo'shilmaslikka ruxsat berilgan.
Qayd etilishicha, «Chelsi» futbolchini faqat to'laqonli transfer asosida qo'yib yuborishga tayyor. London klubi 21 yoshli vingerni 50 million yevroga baholamoqda.
Garnachoga Angliya Premer-ligasi, boshqa Yevropa chempionatlari hamda Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda. «Chelsi» esa transferni yaqin ikki hafta ichida yakunlashni rejalashtirgan.
Eslatib o'tamiz, Alexandro Garnacho o'tgan yozda «Manchester Yunayted»dan 40 million funt evaziga «Chelsi» safiga kelib qo'shilgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi