Gruziyada sport kurashlari bo'yicha nufuzli RAF turniri bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada ishtirok etgan O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan erkin kurashchi, Parij–2024 Olimpiada chempioni Razambek Jamalov muvaffaqiyatli ishtirok etib, g'alabaga erishdi.
Hamyurtimiz final bahsida amerikalik Jarret Jakesga qarshi gilamga chiqdi va keskin kechgan bellashuvda 3:2 hisobida zafar quchib, turnir g'olibiga aylandi.