Termizning "Surxon" klubi nazorat bellashuvida "Gʻazalkent"ga qarshi oʻynadi. Unda Superliga klubi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Jamoalarning oʻzaro kelishuviga koʻra, uchrashuv 40 daqiqadan 3 boʻlim davom etdi. "Surxon" safida gollar Farrux Salihjonov va Behruz Akramov hisobiga yozildi. Proliga ishtirokchisi safida esa Laziz Mirzayev gol urdi.
Nazorat oʻyini
Milliy futbol markazi, mashgʻulot maydoni
Gʻazalkent - Surxon 1:2
Gollar: Laziz Mirzayev 63 - Farrux Salihjonov 83, Behruz Akramov 108