Asadbek Karimov mavsumning ikkinchi qismini "Metallurg"da o'tkazadi. Bu haqda "Surxon" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
"Jamoamiz yarimhimoyachisi Asadbek Karimov 2026 yilgi mavsum yakuniga qadar ijara asosida Bekobodning "Metallurg" jamoasida to'p tepadi.
Ushbu kelishuv futbolchining muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishi, professional mahoratini yanada oshirishi hamda kelgusidagi faoliyati uchun qo'shimcha tajriba to'plashi uchun xizmat qiladi.
Klubimiz Asadbek Karimovga "Metallurg" safidagi faoliyatida omad va muvaffaqiyat tilaydi hamda uning yangi jamoasida yuqori natijalar qayd etishiga ishonch bildiradi", — deb yozadi termizliklar matbuot xizmati.
23 yoshli Karimov bu mavsumda Superligada 5 ta o'yin o'tkazdi.
“Surxon” avvalroq hujumchisi Stefan Chineduni “Paxtakor”ga ijaraga berganini maʼlum qilgandi.
"Surxon" Asadbek Karimovni "Metallurg"ga ijaraga berdi
Futbol
10 iyul, 04:05
Termiz klubi vingeri mavsumning ikkinchi qismini Proliga klubida o'tkazadi.
Foto: Surxon PFC