Live
1
O'zbek

"Qizilqum" Norxonov va G'ofurov bilan shartnomani bekor qildi

Futbol
9 iyul, 14:25
Navoiy klubi ikki tajribali o'yinchi bilan xayrlashdi.
"Qizilqum" Norxonov va G'ofurov bilan shartnomani bekor qildi
Foto: UzPFL

"Qizilqum" klubi ikki nafar tajribali futbolchisi bilan xayrlashdi.

Hujumchi Shohruz Norxonov va yarimhimoyachi Asror G'ofurov Navoiy klubi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishdi.

33 yoshli Norxonov bu mavsumda Superligada 11 o'yinda 1 ta gol urgandi, 31 yoshli G'ofurov esa atigi 4 ta bahsda maydonga tushdi.

Ma'lumot uchun, "Qizilqum" turnir jadvalida 11-turdan so'ng 13 ochko bilan 11-pog'onani egallab turibdi.

Asror G'ofurov
Foto: UzPFL

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qizilqum Qizilqum
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar