Bugun
28
O'zbek

Argentina — Shveytsariya o‘yiniga portugaliyalik hakamlar tayinlandi

Futbol
9 iyul, 15:05
Angliya — Norvegiya bahsini esa fransiyalik Tyurpen boshqaradi.
Argentina — Shveytsariya o‘yiniga portugaliyalik hakamlar tayinlandi
Foto: Getty Images
11.07.2026, 21:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina - : - Shveytsariya Shveytsariya

Portugaliyalik hakam Joau Pedro Pineyru Jahon chempionati 1/4 finalidan o‘rin olgan Argentina va Shveytsariya o‘rtasidagi bahsga tayinlandi.

Bellashuv 12 iyul kuni Kanzas-Sitida bo‘lib o‘tadi.

Hakam yordamchilari: Brunu Jezuz, Lusianu Maya.
Zaxira hakami: Dryu Fisher.
VAR assistent: Maykl Barvegen.


Xuddi shu kuni Mayamida bo‘lib o‘tadigan Angliya va Norvegiya o‘rtasidagi so‘nggi chorakfinal esa fransiyalik hakam Kleman Tyurpenga ishonib topshirildi.

Tyurpenning yordamchilari: Nikola Dano, Benjamen Paj.
Zaxira hakami: Alejandro Ernandes Ernandes.
VAR assistenti: Xose Enrike Naranxo.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Shveytsariya Shveytsariya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

40+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar