Daichi Kamada Angliya Premyer-ligasidagi faoliyatini davom ettiradi.
Yaponiya milliy jamoasining 29 yoshli yarimhimoyachisi "Kristal Pelas" bilan shartnomasini 2027 yil yozigacha uzaytirdi.
Futbolchi London klubida ikki mavsumdan beri harakat qilmoqda va jamoa bilan Angliya kubogi, superkubogi va YKLda zafar quchdi. U o'tgan mavsumda APLda 28 bor maydonga tushib, 3 marta ogohlantirildi.
Kamada faoliyati davomida "Latsio", "Ayntraxt" va "Sagan Tosu" jamoalarida ham o'ynagan.
Kamada "Kristal Pelas" bilan shartnomani uzaytirdi
Futbol
9 iyul, 13:40
Yaponiyalik futbolchi London klubidagi faoliyatini davom ettiradi.
Foto: Getty Images