«Kristal Pelas» va Fransiya milliy jamoasi himoyachisi Maksans Lakrua yozgi transfer oynasining asosiy maqsadlaridan biriga aylangan.
RMC Sport xabariga ko‘ra, futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Liverpul» jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Qizillar» Lakrua transferida asosiy da'vogar hisoblangan «Chelsi»ni ortda qoldirishni maqsad qilgan.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, «Liverpul» fransiyalik himoyachini erkin agent sifatida Madridning «Real» klubiga o‘tgan Ibraima Konatening munosib o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Maksans Lakrua 2024 yilda «Volfsburg»dan «Kristal Pelas»ga 18 million yevro evaziga transfer qilingandi.
Ma'lumot uchun, 2025/26 yilgi mavsumda 25 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.