"Liverpul" sardori Virjil van Deyk faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, transferga jamoaning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim qiziqish bildirmoqda. Portugaliyalik mutaxassis bungacha APLda "Manchester Yunayted"ni boshqargan.
Qayd etilishicha, "Milan" mudofaa markazini kuchaytirish maqsadida 34 yoshli niderlandiyalik himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Van Deykning "Liverpul" bilan tuzgan shartnomasi kelasi mavsum oxirigacha amal qiladi. Biroq uning yuqori maoshi "Milan" uchun asosiy to'siqlardan biri bo'lishi mumkin.
The Athletic ma'lumotiga ko'ra, futbolchi haftasiga 400 ming funt sterling maosh oladi. Avvalroq Virjil mundialdan keyin milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytib o'tgandi.