Bugun
27
O'zbek

«Liverpul» Gakponing «Fulhem»ga qarshi bahsda ishtirokini kafolatlay olmaydi

Futbol
10 sentabr, 07:08
«Qizillar» hujumchisi «Atletiko»ga qarshi o‘yinni ham jarohat sabab o‘tkazib yubordi.
«Liverpul» Gakponing «Fulhem»ga qarshi bahsda ishtirokini kafolatlay olmaydi
Foto: Getty Images
12.09.2026, 10:00 Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul - : - Fulhem Fulhem

«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola Kodi Gakponing APL doirasida «Fulhem»ga qarshi bahsda maydonga tushish-tushmasligini aniq ayta olmasligini bildirdi.

Gakpo «Atletiko»ga qarshi Chempionlar ligasi bahsi uchun qaydnomaga kiritilmadi. Niderlandiyalik futbolchi seshanba kungi mashg‘ulotni ham o‘tkazib yuborgan.

«U «Fulhem»ga qarshi o‘ynay oladimi yoki yo‘qmi, bilmayman. Umid qilamanki, o‘ynaydi. Unda jiddiy jarohat yo‘q, biroq avvalgi o‘yindan keyin ikkala sonning yaqinlashtiruvchi mushaklarida kichik muammolar yuzaga keldi», — deya Iraolaning so‘zlarini Goal.com keltirmoqda.

Gakpo ushbu mavsumda uchta bahsda maydonga tushib, bir gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qilgan. «Ipsvich»ga qarshi so‘nggi bahsda u to‘liq 90 daqiqa o‘ynab, Aleksandr Isakka ikki marta assist bergan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Fulhem Fulhem
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar