Madridning «Real» klubi vingeri Yan Diomande jamoada kam o‘yin vaqtiga ega bo‘layotganidan xavotirda. Bu haqda Okdiario xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ivuarlik futbolchi yangi klubida muhimroq rol o‘ynashni kutgan va mavsum boshida zaxirada qolishini taxmin qilmagan. Biroq «Real» vakillari Diomandeni sabrli bo‘lishga chaqirmoqda.
19 yoshli vinger ushbu mavsumda barcha turnirlarda beshta bahsda maydonga tushdi. U umumiy hisobda atigi 94 daqiqa o‘ynagan va hozircha samarali harakat amalga oshirmagan.
Diomande «Leypsig»dan «Real»ga 125 million yevro evaziga o‘tgan.