«Renn» hujumchisi Yassir Zabiri faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Hozirda marokashlik futbolchi Ispaniyaning «Rasing» klubida ijara asosida o‘ynamoqda.
Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, 21 yoshli hujumchiga «Aston Villa» va «Nyukasl» qiziqish bildirmoqda. «Renn» futbolchining transferi uchun 20 million yevro talab qilishi mumkin.
Zabirining «Rasing» bilan ijara shartnomasi kelasi yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining narxini 9 million yevroga baholamoqda.
Marokashlik hujumchi ushbu mavsumda La Ligadagi to‘rtta bahsda ishtirok etib, uchta gol urdi.