Bugun
27
O'zbek

Risharlison «Tottenhem» bilan shartnomasini bekor qilmoqchi

Futbol
10 sentabr, 06:40
Braziliyalik hujumchi klub uni APL va Chempionlar ligasi uchun ro‘yxatdan o‘tkazmagani sababli jamoani tark etmoqchi.
Risharlison «Tottenhem» bilan shartnomasini bekor qilmoqchi
Foto: Getty Images

«Tottenhem» hujumchisi Risharlison faoliyatini vatani Braziliyada davom ettirmoqchi.

GeGlobo xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi «Tottenhem» bilan amaldagi shartnomasini bekor qilishni talab qilmoqda. Bunga klubning uni ushbu mavsum uchun APL va Chempionlar ligasi ro‘yxatiga kiritmagani sabab bo‘lgan.

Risharlison «Tottenhem» bilan shartnomasini bekor qilib, Braziliyaning «Vasko da Gama» klubiga qo‘shilishni istamoqda.

«Vasko da Gama» avvalroq Risharlison bo‘yicha London klubiga so‘rov yuborgan. Biroq «Tottenhem» hujumchisi uchun 23,2 million yevro talab qilgan.

Risharlisonning «Tottenhem» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyunigacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar