Bugun
27
O'zbek

Mudrik jarohat sabab 6–8 haftaga safdan chiqdi (Romano)

Futbol
10 sentabr, 01:55
«Tottenhem» Mixailni yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida «Chelsi»dan ijaraga olgandi.
Mudrik jarohat sabab 6–8 haftaga safdan chiqdi (Romano)
Foto: Getty Images

«Tottenhem» vingeri Mixail Mudrik jarohat oldi va 6–8 hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Ukrainalik futbolchi transfer oynasining so‘nggi kunida «Chelsi»dan ijaraga olingandi. Bitimda Mudrikni 75 million funt (taxminan 87 million yevro) evaziga majburiy bo‘lmagan sotib olish huquqi ham mavjud.

25 yoshli futbolchi «Tottenhem» safidagi debyutini APL 3-turida «Nottingem Forest»ga qarshi o‘tkazdi. Mudrik 74-daqiqada Matias Tel o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar