Bugun
27
O'zbek

Advokat Kyurasao milliy jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi

Futbol
10 sentabr, 03:35
Yangi shartnoma 2027 yil yoziga qadar amal qiladi.
Advokat Kyurasao milliy jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi
Foto: Curaçao National Football Team

Niderlandiyalik sobiq mutaxassis Dik Advokat Kyurasao milliy jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi. 78 yoshli mutaxassis bilan yangi kelishuv tuzilgani haqida Kyurasao futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi shartnoma 2027 yil 31 iyuliga qadar amal qiladi. Qayd etish lozim, Advokat Kyurasao milliy jamoasini 2024 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

Niderlandiyalik mutaxassis qo‘l ostida Kyurasao tarixda ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. 2026 yilgi jahon chempionatida Kyurasao E guruhida Germaniya, Kot-d’Ivuar va Ekvador bilan raqobatlashdi. Jamoa bir ochko jamg‘argan holda guruhda 4-o‘rinni egalladi.

Avvalroq Dik Advokaat jahon chempionatlari tarixidagi eng yoshi katta murabbiyga aylangani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kyurasao Kyurasao
Bugungi yangiliklar