Bugun
27
O'zbek

XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar tarkibi ma’lum

Boshqa sportlar
10 sentabr, 02:20
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi musobaqada qatnashadigan sportchilar nomini e’lon qildi.
XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar tarkibi ma’lum
Foto: MOQ

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi Yaponiyada o‘tkaziladigan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan sportchilar tarkibini ma’lum qildi. Jamoa musobaqada 6 nafar atlet bilan qatnashadi.

Unga ko‘ra, quyidagi sportchilar bo‘lajak musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qiladi:

Erkaklar:

  • 65 kg: Adhamjon Ergashev;
  • 75 kg: Diyorbek Ro‘zmetov;
  • 85 kg: Hasanboy Berdiyev;
  • 95 kg: Muhammadqodir Toshtemirov;
  • 110 kg: Akbar Jo‘rayev.

Ayollar:

  • 53 kg: Nigora Abdullayeva.

Avvalroq og‘ir atletika bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchilar Toshkentdagi «Olimpiya shaharchasi» mezbonlik qilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini 51 ta medal bilan yakunlagani ma’lum qilingandi.

XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar tarkibi ma’lum
Foto: MOQ
Bugungi yangiliklar