Argentinalik himoyachi Lisandro Martines «Manchester Yunayted»da yana bir necha yil qolishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
«Qizil iblislar» rahbariyati Martinesning shartnomasidagi uni yana bir yilga uzaytirish huquqini faollashtirishni rejalashtirmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi shu mavsum yakunida tugaydi.
Bundan tashqari, agar Martines o‘z formasini saqlab, yuqori darajadagi o‘yinini davom ettirsa, «Manchester Yunayted» unga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli himoyachi bu mavsumda APLning ikki uchrashuvida maydonga tushdi, ammo samarali harakatlar qayd etmadi. Avvalroq tizzasidagi og‘ir jarohatdan so‘ng Lisandroning «Manchester Yunayted» umumiy mashg‘ulotlariga qaytgani ma’lum qilingandi.