«Manchester Yunayted» himoyachisi Lisandro Martines tizzasidagi jarohatdan so‘ng yana jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
27 yoshli argentinalik futbolchi fevral oyining boshidan beri maydonga tusha olmagan edi. U APLning 24-turida «Kristal Pelas»ga (0:2) qarshi o‘yinda tizzasidagi krustosimon paylarni shikastlab olgandi.
Shundan so‘ng Martines jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan va bir necha oy davomida individual tiklanish dasturi asosida shug‘ullangan. Endilikda u asosiy jamoa mashg‘ulotlariga to‘liq qo‘shilgan.
Martinesning yaqin haftalarda safga qaytishi «Manchester Yunayted» himoya chizig‘ini mustahkamlashi kutilmoqda.