Bugun
27
O'zbek

Enrike: «Yagona salbiy jihat — o‘tkazib yuborilgan gol»

Futbol
10 sentabr, 04:00
«PSJ» bosh murabbiyi «Slovan»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Enrike: «Yagona salbiy jihat — o‘tkazib yuborilgan gol»
Foto: Getty Images
09.09.2026 FT Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain 6 : 1 Slovan Bratislava Slovan Bratislava

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar Ligasi doirasidagi «Slovan»ga qarshi (6:1) hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Parijliklar ushbu uchrashuvda ishonchli g‘alabaga erishdi.

«Yagona salbiy jihat — o‘tkazib yuborilgan gol. Lekin umuman olganda, juda xursandman. O‘ylaymanki, hamma bu jamoaga ishonadi, ayniqsa mavsum davomida biz uchun oson bo‘lmagan pallalar bo‘lishini tushunadigan muxlislarimiz.

Shu bilan birga, biz bu yerda ekanimizni, bu bizning musobaqamiz ekanini va bu maqomni saqlab qolishni istashimizni ko‘rsatdik», — deya Enrikening so‘zlarini keltiradi «PSJ» rasmiy sayti.

Ma’lumot o‘rnida, «PSJ» Chempionlar Ligasidagi keyingi uchrashuvini «Manchester Siti»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Slovan Bratislava Slovan Bratislava
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar