Bugun
27
O'zbek

Makgregor: «Quyosh Irlandiyaga tegishli»

MMA
10 sentabr, 05:00
Irlandiyalik jangchi AQSH prezidenti Donald Trampning yozgan tvitini repost qildi.
Makgregor: «Quyosh Irlandiyaga tegishli»
Foto: Getty Images

UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Quyosh Irlandiyaga tegishli ekanini aytdi.

Makgregor AQSH prezidenti Donald Tramp Oyning Amerikaga tegishli ekanini aytgan tvitni repost qilib, «Quyosh Irlandiyaga tegishli», deb yozdi.

Ma’lumot o‘rnida, Makgregor hozir tizzasidagi operatsiyadan keyin tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Konor 11 iyul kuni Maks Holloueyga qarshi jangda tizzasining xochsimon bog‘lamini uzib olgan. UFC ma’lumotiga ko‘ra, jang ilk raundning 69-soniyasida irlandiyalik jangchining jarohati sabab to‘xtatilgan.

Ushbu jangda irlandiyalik jangchi to‘qnashuvning ilk soniyalarida jarohat olib, Holloueyga yutqazib qo‘ygandi.

Bugungi yangiliklar