Bugun
27
O'zbek

Arteta: «Edegor natijaga ta’sir qiladigan gollarni urmoqda, aynan shuni hujumchilarimizdan kutamiz»

Futbol
9 sentabr, 23:50
    20+
«Arsenal» bosh murabbiyi «Napoli»ga qarshi o‘yindan so‘ng jamoasi o‘yini haqida fikr bildirdi.
Arteta: «Edegor natijaga ta’sir qiladigan gollarni urmoqda, aynan shuni hujumchilarimizdan kutamiz»
Foto: Getty Images
09.09.2026 FT Chempionlar ligasi Napoli Napoli 0 : 1 Arsenal Arsenal

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar Ligasi doirasidagi «Napoli»ga qarshi (1:0) hisobidagi g‘alabadan so‘ng jamoasi o‘yini haqida fikr bildirdi.

«Bu mutlaqo munosib qo‘lga kiritilgan uch ochko. Balki natija o‘yindagi vaziyatni to‘liq aks ettirmayotgandir, chunki jamoa a’lo darajada harakat qildi.

Raqibni mag‘lub etish uchun ko‘p jihatlarda yuqori sifatli o‘yin namoyish etdik. Shuncha yaxshi imkoniyatlarni yaratib, ulardan foydalana olmaganimiz achinarli. Boshqa kuni natija boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi.

Martin natijaga ta’sir qiladigan gollarni urmoqda, aynan shuni biz hujumchilarimizdan kutamiz.

U o‘yin taqdirini hal qilishi kerak edi va bugun ham, shubhasiz, buning uddasidan chiqdi», — dedi Arteta TNT Sports telekanaliga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
  • Arsenal Arsenal
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar