Bugun
27
O'zbek

Pedri «Barsa» safidagi 250-o‘yinini o‘tkazdi

Futbol
9 sentabr, 23:25
    5+
Ushbu bahsda kataloniyaliklar «Feyenoord»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
Pedri «Barsa» safidagi 250-o‘yinini o‘tkazdi
Foto: Getty Images
09.09.2026 FT Chempionlar ligasi Barselona Barselona 5 : 1 Feyenord Feyenord

«Barselona» Chempionlar Ligasi doirasida Rotterdamning «Feyenoord» jamoasini 5:1 hisobida mag‘lub etdi.

Bu g‘alaba Pedrining «Barselona» safidagi yubiley o‘yinini nishonlash uchun ham ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Ispaniyalik yarimhimoyachi barcha musobaqalar doirasida kataloniyaliklar safidagi 250-o‘yinini o‘tkazdi. «Barselona»ning rasmiy sayti ham futbolchining ushbu uchrashuvda klub safida 250-marta maydonga tushganini qayd etdi.

Pedri ushbu uchrashuvda jamoasining uchinchi goliga assistentlik qildi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida esa uning o‘rniga Mark Bernal maydonga tushdi.

Ma’lumot o‘rnida, Pedri «Barselona»dagi faoliyatini 2020 yilda boshlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Feyenord Feyenord
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar