«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning 19 yoshli vingeri Lamin Yamalning o‘yini haqida fikr bildirdi.
«U istalgan bahs taqdirini bir o‘zi hal qila oladi. U rivojlanishni xohlaydi, buni uning harakatlaridan ko‘rish mumkin. U futbol o‘ynashni yoqtiradi. Maydonda doimo bor kuchini beradi», — deya Flikning so‘zlarini «Barselona» matbuot xizmati keltirmoqda.
Yamal ushbu mavsumda Ispaniya chempionatining to‘rtta bahsida ishtirok etib, 4 ta gol urdi.
9 sentyabr kuni «Barselona» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida o‘z maydonida «Feyenoord»ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi