«Brayton» vingeri Kaoru Mitoma yanvar oyida jamoani tark etishi mumkin.
TEAMtalk xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchining «Brayton» bilan shartnomasini uzaytirish ehtimoli hozircha juda past. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.
Mitoma 2021 yildan buyon «Brayton» safida o‘ynamoqda. Yaponiyalik futbolchi ushbu mavsumda jarohatini tiklayotgani sababli hali maydonga tushmadi.
Mitomaning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchining narxini 22 million yevroga baholamoqda.