«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi MLS doirasidagi samarali harakatlar seriyasini olti bahsga yetkazdi.
39 yoshli argentinalik futbolchi «Chikago Fayr»ga qarshi kechgan bahsda (1:1) Kazemiroga golli uzatma berdi. Messi 48-daqiqada jamoadoshining goliga assistentlik qildi.
Shu tariqa, hujumchi ketma-ket oltinchi bahsda gol yoki golli uzatma bilan ajralib turdi.
Messi ushbu mavsumda MLSda 21 ta bahsda 18 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.